Texnologiyalar

Synthesia AI-avatarlar bilan trening platformasini ishga tushirdi

Platforma xodimlarning ish suhbatlarini belgilangan mezonlar bo‘yicha baholaydi va tahlil beradi.

Synthesia Roleplay Sessions ta’lim platformasi interfeysi

Britaniyaning Synthesia startapi AI-avatarlar bilan interaktiv korporativ ta’lim uchun Roleplay Sessions platformasini ishga tushirdi, deya yozdi TechCrunch.

Xodimlar savdo, bo‘ysunuvchilar bilan murakkab suhbatlar va boshqa ish vaziyatlarini mashq qilishi mumkin. Avatar real vaqtda javob beradi, e’tiroz bildiradi va suhbatni kompaniya belgilagan mezonlar asosida baholaydi.

Synthesia bosh direktori va hammuassisi Victor Riparbelli amaliy mashq va fikr-mulohaza ko‘nikmalarni video ko‘rish yoki hujjat o‘qishdan yaxshiroq mustahkamlashini aytdi.

Tasvir va ovoz texnologiyalarini Synthesia ishlab chiqqan, dialog mantig‘ida esa OpenAI modellari ishlatiladi. Platforma ta’lim ishtirokchilarining natijalari va tahlilini ham yig‘adi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, dastlabki korporativ mijozlar Roleplay Sessions’dan tijoriy loyihalarda foydalanmoqda. Savdo bo‘limlari va rahbarlar uchun treninglar eng talabgir yo‘nalishlardir.

Rustam AbduazizovРедактор