Texnologiyalar

Skyworth 27,9 mm qalinlikdagi Q9H televizorini sotuvga chiqardi

4K/170 Hz ekranli model Xitoyda 75 dyuymdan 100 dyuymgacha bo‘lgan variantlarda taklif etilmoqda.

27,9 mm qalinlikdagi Skyworth Q9H televizori taqdimoti

Skyworth kompaniyasi Xitoyda korpusi 27,9 mm qalinlikdagi Q9H Wallpaper TV televizorini sotuvga chiqardi, deb ITHome xabar berdi. Boshlang‘ich narx 14 999 yuan etib belgilangan.

Ishlab chiqaruvchi qurilma qalinligini qirrasi bilan qo‘yilgan bir yuanlik tangaga qiyoslaydi. Konstruksiya televizorni devorga deyarli tirqishsiz o‘rnatish uchun mo‘ljallangan.

Televizor 4K aniqlik, 170 Hz gacha yangilanish tezligi va BT.2020 rang qamroviga ega Ultra panel bilan jihozlangan. Ishlab chiqaruvchiga ko‘ra, yoritish orqali rang makonini kengaytiruvchi alohida texnologiya qo‘llanilmaydi.

Qurilma 4 GB tezkor va 128 GB ichki xotiraga ega. Ovoz uchun eng yuqori quvvati 410 Vt deb ko‘rsatilgan Harman Cinema System 4.2.2 tizimi javob beradi.

Korpus to‘g‘ri to‘rtburchak rom va alohida kumushrang pastki modul bilan ishlangan. Skyworth pardozlash 135 ta texnologik jarayondan o‘tishini, bo‘yashda esa Yaponiyaning Okuno kompaniyasi bo‘yoqlari qo‘llanishini bildirdi.

Xitoyda 75 dyuymli versiya qariyb $2 200, 85 dyuymli model $3 250, 100 dyuymli variant esa $4 900 turadi. Q9H boshqa bozorlarga qachon chiqishi e’lon qilinmagan.

Rustam AbduazizovРедактор