Texnologiyalar

Pentagon NSSL shartnomalari limitini $17 mlrdga oshirdi

Yettita bitim limiti $11,4 mlrdga kengaydi, ammo o‘zgartirish paytida mablag‘ ajratilmadi.

Falcon Heavy 2022-yildagi NSSL missiyasi vaqtida, arxiv surati

Pentagon National Security Space Launch dasturidagi yettita shartnomaning umumiy limitini $5,6 mlrddan $17 mlrdgacha oshirdi, deb xabar berdi Payload Space idoraning 17-iyuldagi shartnoma bildirishnomasiga tayanib.

Bitimlarning jami limiti $11,4 mlrdga ko‘paydi. O‘zgartirishlar rasmiylashtirilgan paytda mablag‘ ajratilmagan, shu sababli yangi summa tasdiqlangan xarajatni emas, shartnomalarning eng yuqori mumkin bo‘lgan qiymatini anglatadi.

O‘zgartirishlar United Launch Services, Blue Origin, SpaceX, Stoke Space, Rocket Lab USA, Impulse Space va Relativity Federal kompaniyalariga tegishli. Ularning barchasi NSSL uchinchi bosqichining Lane 1 yo‘nalishida ishlaydi.

Amaldagi to‘lovlar kelgusidagi uchirish buyurtmalariga bog‘liq bo‘ladi. Limitning oshirilishi Pentagon dastur ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlashi mumkin bo‘lgan ishlarning eng yuqori hajmini kengaytiradi.

Rustam AbduazizovРедактор