Texnologiyalar

Nvidia DLSS 5’da tasvirga ishlov berishning uch rejimini ko‘rsatdi

Ishlab chiquvchilar generativ qatlam intensivligi va alohida obyektlarni boshqara oladi.

Nvidia taqdimotidagi DLSS 5 texnologiyasi slaydi

Nvidia SIGGRAPH 2026 tadbirida DLSS 5 texnologiyasiga yangilangan yondashuvni namoyish etdi, kompaniya taqdimotni e’lon qildi.

Texnologiya asosiy tasvirni kattalashtirish usulini qo‘shimcha generativ ishlov bilan birlashtiradi. Ishlab chiquvchilarga uchta intensivlik darajasi, alohida obyektlarni sozlash va modellarni real vaqtda almashtirish imkoniyati va’da qilinmoqda.

Kadrning asosiy elementlari odatiy masshtablash bosqichida saqlanadi, undan keyin tasvirga generativ qatlam qo‘llanadi. Kompaniya bu qatlamni butunlay o‘chirish mumkinligini hozircha tushuntirmadi.

Boshqaruv kechikishini oshirmaslik uchun har bir kadr alohida qayta ishlanadi. Dastlabki namoyishlarda ikkita RTX 5090 ishlatilganidan so‘ng Nvidia model bitta grafik protsessorda ishlashi va kamroq videoxotira talab qilishini bildirdi.

Kompaniya 4K tasvirni real vaqtda qayta ishlash imkoniyatini ham ma’lum qildi, biroq to‘liq tizim talablari hali ochiqlanmadi.

DLSS 5 kuzda, taxminan 2026-yilning uchinchi choragida chiqarilishi kutilmoqda. Qo‘llab-quvvatlash faqat Blackwell avlodidagi videokartalar bilan cheklanishi yoki avvalgi RTX modellariga ham berilishi hozircha noma’lum.

Rustam AbduazizovРедактор