Texnologiyalar

Costco xaridori o‘yin kompyuterini $1 140 ga oldi

Ryzen 7 9800X3D va RTX 5070 o‘rnatilgan ko‘rgazma iBuyPower kompyuteri avval $1 899,99 ga baholangan edi.

Costco’dan sotib olingan iBuyPower o‘yin kompyuterining qutisi

Reddit’dagi klcp20 taxallusli foydalanuvchi AQSHdagi Costco do‘konidan iBuyPower o‘yin kompyuterining ko‘rgazma nusxasini $1 140 ga sotib olgani haqida yozdi.

U joylashtirgan narx yorlig‘i suratida dastlabki narx $1 899,99 ekani ko‘rsatilgan. Uning yoniga qo‘lda yangi narx — $1 140 deb yozilgan.

Ko‘rgazma kompyuteri dastlabki $1 899,99 o‘rniga $1 140 ga baholangan. Foto: u/klcp20.
Ko‘rgazma kompyuteri dastlabki $1 899,99 o‘rniga $1 140 ga baholangan. Foto: u/klcp20.

Kompyuter AMD Ryzen 7 9800X3D protsessori, 12 GB xotirali NVIDIA GeForce RTX 5070 videokartasi, 32 GB DDR5 tezkor xotira va 2 TB SSD bilan jihozlangan.

To‘plamga suyuqlik bilan sovitish tizimi, Windows 11 Home, klaviatura va sichqoncha ham kiradi. Narx yorlig‘ida bu oxirgi ko‘rgazma nusxasi ekani qayd etilgan.

Xaridor standart quvvat blokining sifatiga ishonmagani sababli uni almashtirishni rejalashtirayotganini aytdi. U qolgan qismlarni o‘zgartirmoqchi emas.

$1 140 ni rekord darajadagi eng past narx deb atash uchun asos yo‘q: avval taxminan shu konfiguratsiya $1 000 ga sotilgan.

Rustam AbduazizovРедактор