Hindistonlik sobiq kriketchi Sourav Ganguli JCh-2026 finalidan keyin Lionel Messini himoya qilishga keldi.
Argentina terma jamoasi Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan so'ng 39 yoshli hujumchining o'yini muxlislar va mutaxassislar tomonidan tanqid qilindi, biroq Ganguli futbolchining butun faoliyatini bitta o'yinga qarab baholamaslikka chaqirdi.
Hindiston kriket kengashining sobiq prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasi taktik jihatdan ustunlikka ega bo‘lib, raqiblarining ijodkorligini cheklab qo‘ygan va Messini maydonda ajratib qo‘ya olgan.
Ganguli Argentinaning finalga yo‘l olganini ham muhim natija deb atadi. Messi terma jamoadagi keyingi o'yinlari haqida hali rasmiy bayonot bermadi.








