O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov ko‘proq mahalliy futbolchilar Yevropa chempionatlarida o‘ynashi kerakligini aytdi. U bu fikrni “Nima gap?” dasturida bildirdi.
Hujumchining fikricha, xorijiy klublar futbolchilarga xalqaro darajadagi o‘yinlar tajribasini beradi, bosimga dosh berish va kuchli raqiblarga qarshi o‘ynashga yordam beradi.
Shomurodov bunday tajriba futbolchilarning individual saviyasini oshirishi va ayni paytda milliy terma jamoani kuchaytirishini ta’kidladi. U o‘zbek futbolining keyingi rivojini Yevropa klublaridagi o‘yinchilar soni ko‘payishi bilan bog‘ladi.








