Yunusobod tumanidagi Yuqori Bo‘zsuv kanalida cho‘kib ketgan fuqaroning jasadi topildi, deya xabar berdi Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi.
Hodisa haqidagi xabar 21-iyul kuni soat 14:07 da kelib tushgan. Idora ma’lumotiga ko‘ra, fuqaro cho‘milish uchun kanalga tushgan va suv ostida qolgan.
Qidiruvga shahar boshqarmasining maxsus qutqaruvchilari va tegishli xizmatlar vakillari jalb qilingan. Ishlar to‘rt soatdan ortiq davom etgan.
Jasad soat 18:35 da fuqaro cho‘kkan joydan taxminan 100 metr uzoqlikda topilib, tegishli xizmatlarga topshirilgan.
Rasmiy xabarda marhumning ismi va yoshi ko‘rsatilmagan. Hodisaning boshqa tafsilotlari ham ochiqlanmagan.








