Jamiyat

Yaponiya vizasi muddati o‘tgan O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi

Elchixona noqonuniy qolish yoki ishlash hibsga olish, immigratsiya markaziga joylashtirish va chiqarib yuborishga olib kelishi mumkinligini bildirdi.

Tokio mintaqaviy immigratsiya xizmati binosi

Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi mamlakat immigratsiya xizmati talabalik vizasi muddati tugaganidan keyin qolib ketgan O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qilganini ma’lum qildi.

Diplomatik vakolatxona ma’lumotiga ko‘ra, u Yaponiyaga o‘qish uchun kirgan, viza muddati tugagach esa mamlakatda qolishda davom etgan va ushlangan.

Elchixona talabalik vizasi ishlash uchun emas, faqat ta’lim olish uchun berilishini eslatdi. Noqonuniy qolish yoki ishlash hibsga olish, politsiya tomonidan qamoqqa olish, immigratsiya markaziga joylashtirish va deportatsiyaga olib kelishi mumkin.

Yaponiya hukumati qoidabuzarlar haqidagi ma’lumotni O‘zbekiston tomoniga ham yuboradi. Shu sababli deportatsiya qilingan fuqarolarga vatanga qaytgach qo‘shimcha choralar qo‘llanishi mumkin, deya ogohlantirdi elchixona.

Denis KhabibullinКорреспондент