Oliy Majlis Senati I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga pensiya to‘lovlarini avtomatik tayinlashni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi.
To‘lovlar tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xulosasidan keyin alohida murojaat va qo‘shimcha hujjatlarsiz proaktiv tarzda rasmiylashtiriladi.
Ishlayotgan pensionerlarning pensiyasi har ikki yilda avtomatik qayta hisoblanadi. Buning uchun avvalgi tayinlash yoki qayta hisoblashdan keyin kamida bir yillik ish staji bo‘lishi kerak.
Qonun barcha ushlab qolishlardan keyingi yakuniy to‘lov eng kam iste’mol xarajatlaridan past bo‘lmasligini ham kafolatlaydi.








