Samarqandda yo‘l-patrul xizmati xodimi Tracker avtomobilida piyodani urib yubordi va u vafot etdi, deya xabar berdi viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.
YTH 21-iyul kuni soat 18:15 atrofida Shabbod ko‘chasida sodir bo‘lgan. Idoraning dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, 1951-yilda tug‘ilgan piyoda yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan bo‘lgan.
Jabrlanuvchi tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Rasmiy xabarda marhumning ismi oshkor qilinmagan.
Patrul avtomobili uni boshqargan YPX xodimiga biriktirilgan bo‘lgan. Idora xabarida haydovchining protsessual maqomi ko‘rsatilmagan.
Samarqand shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda. Hodisaning yakuniy holatlari aniqlanishi kerak.








