Jamiyat

Qo‘yliq bozori faoliyati yong‘in xavfsizligi buzilishlari sabab cheklandi

Bozor elektr ta’minotidan qisman uzildi; kamchiliklar bartaraf etilgach cheklovlar olib tashlanadi.

Favqulodda vaziyatlar xodimi Qo‘yliq bozoridagi elektr uskunasini muhrlamoqda

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi 5-avgust kuni Bektemir tumanidagi Qo‘yliq dehqon bozori faoliyatini qisman chekladi, deya boshqarma xabar berdi.

Qaror tekshiruv davomida yong‘in xavfsizligi talablarining qator buzilishlari aniqlanganidan keyin qabul qilindi. Bozor elektr ta’minotidan ham qisman uzildi.

Mutaxassislar aniqlangan kamchiliklar yong‘in kelib chiqishiga hamda odamlarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga xavf tug‘dirishi mumkinligini bildirdi.

Bozor rahbariyati barcha aniqlangan buzilishlarni bartaraf etgach, obyekt faoliyati to‘liq tiklanadi.

Aziz HamrayevШеф-редактор