Qo‘qonda to‘rt nafar o‘smir tanish erkakni 9 ming dollarga talashda gumon qilinmoqda, deya xabar berdi Farg‘ona viloyati IIB.
Idora ma’lumotiga ko‘ra, hujum 12-iyul kuni sodir bo‘lgan. Erkak mast holatda bo‘lgan va voqeadan avval o‘smirlarni tanigan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida to‘rt nafar gumonlanuvchining shaxsi aniqlandi. Ularni ushlash chog‘ida 700 dollar va 780 ming so‘m topildi, ikki nafar o‘smir qamoqqa olindi.
Hozir gumonlanuvchilarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Ularning harakatlariga yakuniy huquqiy baho tekshiruv natijasida beriladi.








