Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati +37…+40 °C gacha, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida esa +41…+42 °C gacha ko‘tariladi, O‘zgidromet prognozida aytiladi.
Toshkentda kunduzi +37…+39 °C bo‘lishi kutilmoqda. Poytaxtda yog‘ingarchilik prognoz qilinmagan.
Shimoliy va cho‘l hududlarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi.
Tog‘li hududlarning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda sel oqimlari yuzaga kelishi ehtimoli bor.
Kuchli issiq paytida ko‘proq soyada bo‘lish, suv ichish va kunning eng issiq vaqtida ochiq havoda uzoq qolmaslik tavsiya etiladi.








