Jamiyat

O‘zgidromet: 12–13-avgustda O‘zbekistonda issiq 42 darajagacha kuchayadi

Toshkentda harorat 41 darajagacha ko‘tariladi, ayrim hududlarda shamol 13–18 m/s gacha kuchayadi.

Toshkent osmonidagi quyosh va bulutlar

O‘zbekistonda 12–13-avgust kunlari kunduzgi harorat ayrim joylarda 41–42 darajagacha ko‘tariladi, bu O‘zgidrometning haftalik prognozida keltirilgan.

Haftaning boshqa kunlarida havo kunduzi 37–40 darajagacha isiydi. Kechasi harorat asosan 21–26 daraja bo‘ladi.

Mamlakat bo‘ylab havo biroz, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, asosan yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. 10-avgust kuni Toshkent viloyatining ayrim joylarida, shuningdek, haftaning ayrim kunlarida tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shimoliy va cho‘l hududlarida, 14-avgust kuni esa respublikaning ayrim boshqa joylarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi ehtimoli bor.

Toshkentda 10-avgust kunining ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 11–14-avgust kunlari poytaxtda havo kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Poytaxtda kechasi 23–26 daraja, kunduzi 37–40 daraja, 12–13-avgust kunlari esa 41 darajagacha issiq bo‘ladi. Sharqiy shamol 3–8 m/s tezlikda esadi.

Rustam AbduazizovРедактор