Jamiyat

O‘zbekistonliklar Mustaqillik kuni munosabati bilan to‘rt kun dam oladi

Olti kunlik ish haftasida dam olish 30-avgustdan 1-sentabrgacha uch kun davom etadi.

Toshkentdagi Mustaqillik maydonida Ezgulik arkasi, tungi ko‘rinish

O‘zbekistonda 1-sentabrda nishonlanadigan Mustaqillik kuni arafasida 31-avgust barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilandi.

Besh kunlik ish haftasida mamlakat aholisi 29-avgust, shanbadan 1-sentabr, seshanbagacha ketma-ket to‘rt kun dam oladi.

Olti kunlik jadval asosida ishlaydiganlar uchun dam olish 30-avgust, yakshanbadan 1-sentabrgacha uch kun davom etadi.

31-avgust, dushanba ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi. 1-sentabr, seshanba bayram kuni hisoblanadi.

2-sentabr, chorshanbadan barcha odatiy ish tartibiga qaytadi.

Marat AkhmetovРедактор