O‘zbekistonlik o‘quvchi qiz «50 let Pobedy» atom muzyorar kemasida Shimoliy qutbga yo‘l olgan «Bilimlar muzyorari» xalqaro ekspeditsiyasi tarkibiga kirdi.
Yettinchi ilmiy-ma’rifiy safar Murmanskdan boshlandi, bu haqda «Rosatom» xabar berdi.
Yo‘nalish Shimoliy qutb va Frans-Iosif Yeri arxipelagi orqali o‘tadi, shundan so‘ng kema Murmanskka qaytadi.
Ekspeditsiyada Rossiya va yana 22 mamlakatdan maktab o‘quvchilari hamda kollej talabalari qatnashmoqda. Ular ilmiy tanlovlar, olimpiadalar, muhandislik loyihalari va atom energetikasi bo‘yicha musobaqalar g‘oliblari orasidan tanlangan.
Kema bortida ishtirokchilar uchun ma’ruzalar, munozaralar, mahorat darslari va kasb tanlash bo‘yicha maslahatlar o‘tkaziladi. Dastur fizika, ekologiya, sun’iy intellekt hamda atom floti faoliyati bilan tanishishni qamrab oladi.
Loyihaning avvalgi olti mavsumida turli mamlakatlardan 400 dan ortiq maktab o‘quvchisi Shimoliy qutbga borgan.








