Jamiyat

O‘zbekistonga yetti oyda 7,75 mln xorijiy turist tashrif buyurdi

Turistlar oqimi 2025-yilning yanvar—iyul davriga nisbatan 22,6% ga oshdi.

Samarqanddagi Registon maydonida sayyohlar

2026-yil yanvar—iyul oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda 7 749 308 nafar xorijiy fuqaro tashrif buyurdi, buni Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari ko‘rsatmoqda.

Turistlar oqimi 2025-yilning shu davriga nisbatan 1,4 mln nafarga yoki 22,6% ga oshdi.

Eng ko‘p turist Qirg‘izistondan keldi — 2 177 108 nafar. Qozog‘istondan 1 855 562 nafar, Tojikistondan esa 1 728 978 nafar mehmon tashrif buyurdi.

Rossiyadan 710 824 nafar, Afg‘onistondan 281 200 nafar va Xitoydan 269 735 nafar turist keldi.

Turkmanistondan 192 830 nafar, Turkiyadan esa 111 908 nafar sayyoh tashrif buyurdi.

Birinchi o‘ntalikka 32 462 nafar turist bilan Hindiston va 26 512 nafar turist bilan Koreya Respublikasi ham kirdi.

Aziz HamrayevШеф-редактор