2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida 21 042 nafar xorijiy fuqaro keldi, deya Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 11,5 ming nafarga yoki 2,2 barobarga oshdi.
Kelganlarning eng katta qismi Turkmaniston hissasiga to‘g‘ri keldi — 9 207 nafar. Hindistondan 3 723 nafar, Tojikistondan 1 915 nafar fuqaro keldi.
Keyingi o‘rinlarda Xitoy — 951 nafar, Qirg‘iziston — 834, Pokiston — 689, Misr — 603 va Koreya Respublikasi — 526 nafar bilan qayd etildi.
Filippindan 367 nafar, AQShdan 302 nafar fuqaro keldi. Yana 1 925 nafar xorijiy fuqaro boshqa davlatlardan tashrif buyurdi.








