O‘zbekistonda 7-avgust kuni “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ–1163-son qonun qabul qilindi, deya huquqiy axborot rasmiy kanali xabar berdi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ushbu sohadagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Rieltor rieltorlik tashkiloti tarkibida ishlashi va shtrix-kodli malaka sertifikatiga ega bo‘lishi kerak. Sertifikat o‘quv dasturini tugatib, imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorga professional jamoat birlashmasi tomonidan beriladi.
Rieltorlik tashkiloti va ko‘chmas mulk agenti haqidagi ma’lumotlar Yagona reyestrga kiritilgan kundan boshlab xizmat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi.
Qonun rieltorlik xizmatlariga ko‘chmas mulk bitimlarida vositachilik, savdolarni tashkil etish, ishonchli boshqaruv hamda bozorda axborot, maslahat va reklama xizmatlarini kiritadi.
Xususiy sektor multilisting tizimini tashkil etadi. U muddatli shartnomalar bo‘yicha “yagona darcha” tamoyilida ishlash va ishonchli ma’lumotlarni elektron almashish imkonini beradi.








