2026-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda 17 763 ta kutubxona va axborot markazi faoliyat yuritganini Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari ko‘rsatadi.
Hisobga oddiy kutubxonalar, ta’lim muassasalari va tashkilotlarning axborot-resurs markazlari hamda axborot-kutubxona markazlari kiritilgan. Ularning fondlarida 89,2 mln nusxa kitob va jurnal bo‘lgan.
Eng ko‘p muassasa Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida qayd etilgan. Hududlar kesimidagi to‘liq taqsimot:
- Samarqand viloyati — 2 044 ta
- Qashqadaryo viloyati — 1 767 ta
- Surxondaryo viloyati — 1 600 ta
- Farg‘ona viloyati — 1 575 ta
- Namangan viloyati — 1 477 ta
- Toshkent viloyati — 1 446 ta
- Toshkent shahri — 1 217 ta
- Xorazm viloyati — 1 100 ta
- Qoraqalpog‘iston — 1 058 ta
- Andijon viloyati — 1 058 ta
- Buxoro viloyati — 1 049 ta
- Sirdaryo viloyati — 887 ta
- Jizzax viloyati — 810 ta
- Navoiy viloyati — 675 ta
14 ta hudud bo‘yicha ko‘rsatkichlar yig‘indisi umumiy natija — 17 763 taga teng. Qo‘mitaning o‘zbekcha sahifasida Qoraqalpog‘iston ikki marta keltirilgan, Brief hisobida u bir marta olindi.








