Jamiyat

O‘zbekiston va Manchester Airports Group Manchesterga reyslarni muhokama qildi

Aeroport yiliga 32 mln dan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi va bu ko‘rsatkichni 70 mlngacha oshirishi mumkin.

Manchester aeroportining 2-terminaliga kirish qismi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya Toshkent hamda Manchester o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deya “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmanov loyihani Manchester Airports Group korporativ masalalar bo‘yicha direktori Rhys Whalley bilan muhokama qildi.

Manchester aeroporti yiliga 32 mln dan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Ikki uchish-qo‘nish yo‘lagi kelajakda bu ko‘rsatkichni 70 mlngacha oshirish imkonini beradi.

Britaniya tomoni yangi yo‘nalish ishbilarmonlik va sayyohlik aloqalarini mustahkamlashi, shuningdek, O‘zbekistonning tranzit imkoniyatlarini kengaytirishi mumkinligini bildirdi.

Manchester Airports Group O‘zbekiston aviakompaniyalarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Tomonlar reyslarni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni birgalikda ishlab chiqishda davom etadi.

Denis KhabibullinКорреспондент