O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi 2025-yilda mamlakat botanika bog‘larida 1 million 170 ming tashrif qayd etilganini ma’lum qildi.
2024-yilga nisbatan ko‘rsatkich 3,8 baravar oshgan. E’lon qilingan ma’lumotlar noyob tashrifchilar sonini emas, tashriflar sonini aks ettiradi.
2026-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda uchta botanika bog‘i faoliyat yuritgan. Ular Qoraqalpog‘iston, Buxoro viloyati va Toshkentda joylashgan.
2025-yilda botanika bog‘larining umumiy maydoni 6 gektarga kengayib, 113,3 gektarga yetgan.








