Jamiyat

Navoiy viloyatida Cobalt yo‘lovchisidan 2,087 kg opiy olindi

DXX ma’lumotiga ko‘ra, giyohvandlik vositasi avval chegaradan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilib, xufiya joyga qoldirilgan.

Alohida musodara paytida opiy aniqlangan materiallar solingan paketlar, illyustrativ surat

Navoiy viloyatining Konimex tumanida Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona xodimlari 2 kg 87 gr opiyni musodara qildi, deya DXX xabar berdi.

Hamkorlikdagi tezkor tadbir davomida Cobalt avtomobili to‘xtatildi. Modda solingan paket yo‘lovchi — 2002-yilda tug‘ilgan Qozog‘iston fuqarosidan topildi.

Idora ma’lumotiga ko‘ra, giyohvandlik vositasi avval davlat chegarasi orqali kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilib, xufiya joyga qoldirilgan. Ushlangan shaxs uni o‘sha joydan olib ketgan.

Erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining kontrabandaga oid 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U qamoqqa olindi, tergov davom etmoqda.

DXX giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq holatlar haqida 1520 qisqa raqamiga xabar berishni so‘radi. Idora murojaat qilganlarning maxfiyligi saqlanishini bildirdi.

Ruslan GainullinКорреспондент