Jamiyat

Muruntov konidagi YTHda ikki xodim halok bo‘ldi

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari hodisa sabablari hamda tafsilotlarini aniqlamoqda.

Muruntov koni hududi

Muruntov konida 21-iyul kuni soat 05:30 atrofida avtoag‘dargich va xizmat avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deya xabar berdi Navoiy kon-metallurgiya kombinati.

Hodisa oqibatida korxonaning ikki xodimi halok bo‘ldi. Rasmiy xabarda ularning ismi va lavozimi keltirilmagan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda. Nazorat qiluvchi davlat tashkilotlari hodisa tafsilotlari va sabablarini aniqlash uchun maxsus tekshiruv boshlagan.

Kombinat bunday holatlarning oldini olish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rilayotganini bildirdi. Korxona YTHning dastlabki sababini ma’lum qilmagan.

Rustam AbduazizovРедактор