Korzinka tarmog‘i Andijondagi tushirish jarayoni bo‘yicha ichki tekshiruvdan so‘ng bir partiya go‘shtni sotuvdan olib tashladi.
Bunga ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video sabab bo‘ldi. Unda xodimlar go‘sht mahsulotlarini sanitariya talablari va kompaniyaning ichki standartlariga mos kelmaydigan usulda tushirayotgani ko‘ringan.
Kompaniya videodagi mahsulot xaridorlarga yetib bormaganini ma’lum qildi. Mas’ul xodimlarga intizomiy choralar qo‘llanib, ular qo‘shimcha o‘qishga yuborildi.
Sotuvdan olingan partiya Andijondagi «Najot» hayvonlar boshpanasiga bepul topshirildi.
Korzinka bunday qoidabuzarliklar takrorlanmasligi uchun qo‘shimcha nazorat choralarini ham joriy eta boshladi.








