Jamiyat

O‘zgidromet: 14-avgustda O‘zbekistonda havo 42 darajagacha isiydi

Aksariyat hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq faqat tog‘larda bo‘lishi mumkin.

Ochiq havoda Toshkentning panoramik ko‘rinishi

O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, 14-avgust kuni O‘zbekistonda kunduzgi harorat ayrim joylarda 42 darajagacha ko‘tariladi, aksariyat hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Toshkentda havo biroz bulutli va yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat kechasi 24–26, kunduz kuni 38–40 darajani tashkil etadi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida kechasi 20–25, kunduz kuni 35–40 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Havo biroz, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo kunduz kuni 37–42 darajagacha isiydi. Kechasi 21–26 daraja, cho‘l hududlarining ayrim joylarida esa 27–30 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kunduz kuni 35–40, kechasi 21–26 daraja kutilmoqda. Yog‘ingarchilik prognoz qilinmagan.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunduz kuni 37–42, kechasi 21–26 daraja bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kunduz kuni 35–40, kechasi 21–26 daraja kutilmoqda.

Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. U yerda harorat kechasi 15–20, kunduz kuni 28–33 darajani tashkil etadi.

Rustam AbduazizovРедактор