2025-yilda O‘zbekistonda kelin kuyovdan katta bo‘lgan 11 040 ta nikoh qayd etildi, deya ma’lum qildi Milliy statistika qo‘mitasi.
Bunday nikohlar eng ko‘p Toshkent shahrida qayd etilgan — 1 809 ta. Keyingi o‘rinlarda Xorazm viloyati 1 066 ta va Qashqadaryo viloyati 995 ta ko‘rsatkich bilan turibdi.
Buxoro viloyatida 979 ta, Samarqandda 967 ta, Toshkent viloyatida 928 ta, Surxondaryoda 850 ta va Qoraqalpog‘istonda 772 ta shunday nikoh qayd etilgan.
Farg‘ona viloyatida bu ko‘rsatkich 715 ta, Namanganda 509 ta, Andijonda 486 tani tashkil etgan.
Eng kam ko‘rsatkichlar Jizzax viloyatida — 373 ta, Navoiyda — 351 ta va Sirdaryoda — 240 ta qayd etilgan.








