Siyosat

Senat Prezident Administratsiyasi maqomi haqidagi qonunni ma’qulladi

Hujjat idora tuzilmasi, ish tartibi va davlat organlari bilan hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi.

O‘zbekiston Oliy Majlisi binosi

Oliy Majlis Senati 18-yalpi majlisda «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunni ma’qulladi.

Hujjat Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, tuzilmasi va faoliyat yuritish tartibini belgilaydi.

Qonun, shuningdek, administratsiya faoliyati tamoyillari, uning davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik mexanizmlari hamda rahbariyat va xodimlar faoliyatining huquqiy kafolatlarini tartibga soladi.

Hujjatga Konstitutsiyaning yangi tahriri huquqiy asos bo‘ldi. Uning XIX bobida Prezidentning davlat boshlig‘i sifatidagi o‘rni va hokimiyat organlarining kelishilgan faoliyatini ta’minlash vakolatlari mustahkamlangan.

Qonunni tayyorlashda AQSH, Finlandiya, Chexiya, Slovakiya, Ruminiya, Latviya va Qozog‘istonda davlat rahbarlari apparatini tashkil etish tajribasi o‘rganilgan.

Senatorlar fikricha, qonun davlat rahbari faoliyatini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlashni hamda davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshilashi kerak. Senat hujjatni bir ovozdan ma’qulladi.

Rustam AbduazizovРедактор