Oliy Majlis Senati 18-yalpi majlisda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy ma’ruzani ko‘rib chiqdi: 2025-yilda 7 517 kishi jinoiy javobgarlikka tortilgan, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar esa 2,9 trln so‘mdan oshgan.
Korrupsiyaga oid jinoyatlarning eng ko‘pi maktabgacha va maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklarida qayd etilgan.
Mamlakat bo‘ylab sog‘liqni saqlash, ta’lim, bandlik, bank faoliyati va kadastr sohalarida chuqurlashtirilgan o‘rganishlar o‘tkazilgan. Korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan tuman va shaharlar uchun manzilli yo‘l xaritalari tasdiqlangan.
Tekshirilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining har to‘rttadan birida korrupsiyaviy omillar va bo‘shliqlar aniqlangan.
Davlat xaridlari sohasida 12,6 trln so‘mlik qoidabuzarliklar aniqlangan. Ayrim davlat organlari va hududlar korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi hamda ochiqlik indeksi bo‘yicha qoniqarsiz baholangan.








