Siyosat

Rustam Minnixanov halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar oilalariga yordam va’da qildi

Tatariston raisi 10-avgust kuni Nijnekamskka hujumdan so‘ng Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi.

Rustam Minnixanov, rasmiy arxiv fotosurati

Tatariston raisi Rustam Minnixanov 10-avgust kuni Nijnekamskka dronlar hujumidan so‘ng Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi.

Sanoat hududidagi xostelga zarba berilishi oqibatida O‘zbekistonning sakkiz nafar va Tojikistonning bir nafar fuqarosi halok bo‘ldi.

Minnixanov halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning yaqinlariga dalda so‘zlarini yo‘lladi.

“O‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan yo‘qotish azobini birga his qilamiz. Ushbu og‘ir damda xayolimiz va qalbimiz mudhish terrorchilik harakati qurbonlarining oilalari bilan”, — Rustam Minnixanovning Shavkat Mirziyoyevga murojaatidan.

Tatariston raisi halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning oilalariga Rossiyadagi O‘zbekiston hamda Tojikiston diplomatik vakolatxonalari bilan muvofiqlashtirilgan holda zarur yordam ko‘rsatilishini bildirdi.

O‘zbekiston prezidenti topshirig‘i bilan Tataristonga maxsus komissiya yuborildi. Komissiya halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining jasadlarini vatanga qaytarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ruslan GainullinКорреспондент