Toshkent 2026-yilning birinchi yarmida $4,3 mlrd to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kredit jalb qildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 baravar ko‘p.
Poytaxtning yalpi hududiy mahsuloti 226 trln so‘mga yetdi. O‘sish 11,2% prognozga nisbatan 13,3%ni tashkil etdi, O‘zbekiston bo‘yicha umumiy ko‘rsatkich esa 8,5%ga oshdi.
Toshkentdagi sanoat ishlab chiqarishi 8%ga ko‘payib, 109,6 trln so‘mni tashkil etdi va belgilangan prognozga mos keldi.
Poytaxt korxonalarining eksporti $1,55 mlrdga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 43% ko‘p.
Olti oyda shaharda 249 ta investitsiya loyihasi ishga tushirildi va $657,5 mlnlik yangi ishlab chiqarish quvvatlari foydalanishga topshirildi. Ular qariyb 9,8 mingta yangi ish o‘rni yaratdi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida 77 ta loyiha amalga oshirildi. Ular bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 48%ga oshib, 4,9 trln so‘mga, eksport esa $121,6 mlnga yetdi.








