Iqtisodiyot

Toshkent yarim yilda O‘zbekiston bozor xizmatlarining 40 foizdan ortig‘ini ta’minladi

Mamlakat bo‘yicha xizmatlar hajmi 664,9 trln so‘mga, poytaxtda esa 274,4 trln so‘mga yetdi.

Tashkent City moliya markazining zamonaviy biznes binolari

2026-yil yanvar–iyun oylarida Toshkent bozor xizmatlari hajmi bo‘yicha hududlar orasida yetakchi bo‘ldi, Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari ko‘rsatmoqda.

Mamlakatda ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmi 664,9 trln so‘mni tashkil etdi. Poytaxt hissasiga 274,4 trln so‘m yoki tahririyat hisob-kitobiga ko‘ra respublika ko‘rsatkichining 41,3 foizi to‘g‘ri keldi.

Hududlar bo‘yicha bozor xizmatlari hajmi quyidagicha taqsimlandi:

  • Toshkent shahri — 274,4 trln so‘m;
  • Samarqand viloyati — 47,3 trln so‘m;
  • Toshkent viloyati — 45,5 trln so‘m;
  • Farg‘ona viloyati — 44,2 trln so‘m;
  • Andijon viloyati — 34 trln so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati — 31,3 trln so‘m;
  • Namangan viloyati — 30,7 trln so‘m;
  • Buxoro viloyati — 25,6 trln so‘m;
  • Xorazm viloyati — 23,2 trln so‘m;
  • Surxondaryo viloyati — 20,8 trln so‘m;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 19,7 trln so‘m;
  • Navoiy viloyati — 16,1 trln so‘m;
  • Jizzax viloyati — 14,7 trln so‘m;
  • Sirdaryo viloyati — 9,5 trln so‘m.

Toshkentdan keyingi eng yuqori ko‘rsatkichlar Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida qayd etildi. Keltirilgan hududlar orasida eng past hajm Sirdaryo viloyatiga to‘g‘ri keldi.

Samira GanievaКорреспондент