Iqtisodiyot

O‘zbekistonda palov indeksi 7–10% oshib, inflyatsiyadan o‘zdi

Xorazm va Andijon viloyatlarida mahsulotlar to‘plami 10% dan ko‘proq qimmatlashdi.

Toshkentdagi Qo‘yliq bozorida tortilgan palov

O‘zbekistonda bir kilogramm palov uchun mahsulotlar to‘plami narxi hududlarga qarab bir yil ichida 7–10% oshdi. Bu 6,4% bo‘lgan rasmiy inflyatsiyadan yuqori.

To‘plam Xorazm va Andijon viloyatlarida eng ko‘p — 10% dan ziyod qimmatlashdi. Xorazm viloyatida uning narxi bir yil avvalgi 106 ming so‘mdan qariyb 118 ming so‘mga yetdi.

Buxoro viloyati va Toshkentda o‘sish 9% dan oshdi, boshqa hududlarda esa taxminan 7% ni tashkil etdi.

2026-yil iyulida eng qimmat to‘plam Toshkentda qayd etildi — 128 730 so‘m. Eng arzon to‘plam Qoraqalpog‘istonda bo‘ldi — 107 396 so‘m.

Hisob-kitobga 700 gramm mol go‘shti, bir kilogramm lazer guruchi, 300 millilitr yog‘, bir kilogramm sabzi, 300 gramm piyoz, 100 gramm no‘xat, 10 gramm zira va 20 gramm tuz kiritilgan.

Marat AkhmetovРедактор