Iqtisodiyot

Markaziy bank: O‘zbekiston zaxiralari $64,3 mlrdga yetdi

Iyul oyida xalqaro zaxiralar qariyb $590 mlnga oshdi, ularning asosiy qismini oltin tashkil etadi.

Xalqaro zaxiralarni ifodalovchi oltin quymalar

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari avgust oyi boshiga kelib $64,3 mlrdga yetdi, Markaziy bank ma’lumotlari shuni ko‘rsatmoqda.

Iyul oyida ularning hajmi qariyb $590 mlnga oshdi. Bir oy avval zaxiralar $63,7 mlrdga baholangan edi.

Aktivlarning asosiy qismi oltinga to‘g‘ri keladi: 13,8 mln troya unsiyasi $56,1 mlrdga baholangan.

Xalqaro zaxiralarning yana $7,6 mlrdlik qismini xorijiy valyutadagi aktivlar tashkil etadi.

Ruslan GainullinКорреспондент