Iqtisodiyot

O‘zbekiston Qirg‘izistonga oyiga 20 ming tonnagacha yoqilg‘i yetkazishi mumkin

Qirg‘iziston Rossiyadan import qisqargani va Yaqin Sharqdagi vaziyat fonida yangi yetkazib beruvchilarni izlamoqda.

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Adilbek Qosimaliyev

O‘zbekiston Qirg‘izistonga har oy 20 ming tonnagacha neft mahsulotlari yetkazib berishga tayyor.

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Adilbek Qosimaliyev O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralardan keyin kelishuv haqida ma’lum qildi.

Qirg‘iziston iste’mol qiladigan yoqilg‘ining 90% dan ortig‘ini import qiladi. Yaqin Sharqdagi vaziyat va Rossiyadan yetkazib berish qisqargani sababli mamlakat hukumati qo‘shimcha manbalarni izlamoqda.

Bishkek Xitoy, Ozarbayjon, Turkiya va Yevropa mamlakatlari bilan ham muzokara olib bormoqda. Belarus allaqachon yordam ko‘rsatishni boshlagan.

Xitoydan yoqilg‘i ortilgan dastlabki avtosisternalar yetib keldi. Keyinchalik yetkazib berishni temir yo‘lga o‘tkazish rejalashtirilgan.

Qirg‘iziston yonilg‘i quyish shoxobchalaridagi narxlarni ushlab turish uchun dizel, avtogaz va AI-92 benzinini subsidiyalaydi. Qosimaliyev yoqilg‘i qimmatlashishining oldini olib bo‘lmasligini ham aytdi.

Ruslan GainullinКорреспондент