Iqtisodiyot

O‘zbekiston BMT ma’lumotlariga ko‘ra gilos eksportida dunyoda oltinchi bo‘ldi

2026-yilning birinchi yarmida mamlakat 11 ta davlatga 57,9 million dollarlik 23,3 ming tonna gilos yetkazib berdi.

Savatdagi yangi gilos

O‘zbekiston 2024-yil yakunlariga ko‘ra yangi gilos eksporti hajmi bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘rinni egalladi, buni BMTning Comtrade bazasi ma’lumotlari ko‘rsatadi.

2024-yilda mamlakat xorijga 70,4 million dollarlik 32,2 ming tonna gilos yetkazib berdi.

Dastlabki besh o‘rinni 529,5 ming tonna bilan Chili, 168,4 ming tonna bilan Gonkong, 84,2 ming tonna bilan AQSH, 66,5 ming tonna bilan Turkiya va 34,1 ming tonna bilan Ispaniya egalladi. O‘zbekistondan keyin 28 ming tonna bilan Gretsiya joylashdi.

2025-yilda O‘zbekiston eksporti 31,7 ming tonnani tashkil etdi. So‘nggi o‘n yildagi eng yuqori ko‘rsatkich 2021-yilda qayd etilgan — 60,8 ming tonna.

2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston 11 ta davlatga 23,3 ming tonna gilos eksport qildi. Yetkazib berish qiymati 57,9 million dollarga yetdi.

2026-yilning birinchi yarmi statistikasi joriy yetkazib berishlarni aks ettiradi, oltinchi o‘rin esa 2024-yil bo‘yicha taqqoslanadigan xalqaro ma’lumotlar asosida hisoblangan.

Aziz HamrayevШеф-редактор