O‘zbekiston 2026-yil oxirigacha 100 ming bosh qoramol hamda 150 ming bosh qo‘y va echki import qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.
Topshiriq iqtisodiy o‘sish, inflyatsiya va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha yig‘ilishda berildi. Hokimiyat import go‘shtini havo orqali tashish xarajatlarini qoplash uchun ham 300 milliard so‘m ajratdi.
Qishloq xo‘jaligi ro‘yxatga olish yakunlariga ko‘ra, hokimiyat chorvachilikdagi holat haqidagi ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqdi. Sohadagi loyihalar uchun qo‘shimcha moliyalashtirish ko‘zda tutiladi, ammo rasmiy xabarda uning miqdori aniqlashtirilmagan.
Yil oxirigacha mamlakatda umumiy sig‘imi 87 ming tonna bo‘lgan 340 ta sovutkichli omborni ishga tushirish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, meva-sabzavot va kartoshka zaxiralarini yaratish hamda oziq-ovqat rezervlarini to‘ldirish topshirildi.
Bu choralar oziq-ovqat taklifini oshirishi va narxlar o‘sishini jilovlashi kerak. Rasmiy xabarda chorva yetkazib berish muddatlari va davlatlari keltirilmagan.








