O‘zbekiston Markaziy banki 13-avgust uchun AQSH dollari kursini 11 948,58 so‘m etib belgiladi, bu haqda rasmiy ma’lumotlardan bilish mumkin.
AQSH dollari 12-avgustda amal qilayotgan 11 889,95 so‘mlik kursga nisbatan 58,63 so‘mga qimmatlashadi. Yangi kurs 13-avgustdan kuchga kiradi.
Yevro 76 so‘mga oshib, 13 793,44 so‘mni tashkil etadi. Rossiya rubli 0,36 so‘mga qimmatlashib, 144,29 so‘mga yetadi.
Funt sterling 118,54 so‘mga ko‘tarilib, 16 162,84 so‘m bo‘ladi. Yaponiya iyenasi 0,44 so‘mga oshib, 75,10 so‘mni tashkil etadi.
Rasmiy kurslar hisob, statistika va majburiy to‘lovlar uchun qo‘llanadi. Banklar va ayirboshlash shoxobchalari naqd valyutani sotib olish va sotish narxlarini mustaqil belgilaydi.








