Iqtisodiyot

KFC va Evos fastfud tarmoqlari orasida eng ko‘p soliq to‘ladi

Umumiy ovqatlanish korxonalari yarim yilda 1 trln so‘m — o‘tgan yilgidan 190 mlrd so‘m ko‘p soliq to‘ladi.

Andijondagi KFC restorani interyeri

O‘zbekiston umumiy ovqatlanish korxonalari 2026-yilning birinchi yarmida 1 trln so‘m soliq to‘ladi.

2025-yilning shu davrida tushumlar 810 mlrd so‘mni tashkil etgan. Demak, summa 190 mlrd so‘mga oshgan.

Tez ovqatlanish tarmoqlari orasida eng ko‘p soliqni KFC — 52,2 mlrd so‘m to‘ladi. Evos 41,4 mlrd so‘m bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.

Oqtepa Lavash 20 mlrd so‘m, Bellissimo esa 11,7 mlrd so‘m to‘ladi. Papa Johns va TGI Fridays franshizalarini boshqaruvchi kompaniya ham kuchli o‘ntalikka kirdi.

Uzbekistan Airways tarkibidagi Ketring korxonasi qariyb 25 mlrd so‘m soliq to‘ladi.

Caravan Group, Shahleek va «Syrovarnya» restoran tarmoqlari ham sohaning yigirmata eng yirik soliq to‘lovchisi qatoridan joy oldi.

Aziz HamrayevШеф-редактор