Iqtisodiyot

Banklar mijozlar huquqlarining tizimli buzilishi sabablarini bartaraf etadi

Yangi qoidalar 4-sentabrdan kuchga kirib, Markaziy bankka hisobot berish muddatlarini belgilaydi.

O‘zbekiston Markaziy bankidagi brifing ishtirokchilari

4-sentabrdan O‘zbekiston banklari mijozlar huquqlarining tizimli buzilishiga sabab bo‘lgan omillarni bartaraf etishi, faqat alohida shikoyatlarga javob berish bilan cheklanmasligi kerak bo‘ladi.

Ichki jarayonlar yoki dasturiy ta’minotdagi nosozlik tufayli odatiy operatsiyalarda mijozlar huquqlari muntazam buzilsa, bu tizimli kamchilik deb hisoblanadi.

Bunday muammo aniqlangach, bank rahbariyati buzilish mazmuni, aniq choralar va muddatlar hamda mas’ul top-menejerlar ko‘rsatilgan rejani tasdiqlashi kerak.

Bank muddatlarni buzsa, belgilangan auditorlik tekshiruvini o‘tkazmasa yoki kuzatuv kengashiga hisobot bermasa, choralar ko‘rilmagan deb topilishi mumkin.

Boshqaruv qarorlarining nusxalari Markaziy bankka uch ish kuni ichida yuborilishi kerak bo‘ladi. Tizimli nosozlik to‘liq bartaraf etilgani haqida regulyatorga besh kun ichida xabar berish talab etiladi.

O‘zgarishlar Markaziy bank boshqaruvining 19/16-son qarori bilan kiritildi va hujjat 1-avgustda Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ular 2018-yildan amal qilayotgan bank xizmatlari iste’molchilarini himoya qilish qoidalarini yangilaydi.

Aziz HamrayevШеф-редактор