Dunyo

Porter Airlines bola kamar taqmagani uchun reysni bekor qildi

Reys Viktoriya aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagi soat 00:30 da yopilishidan oldin jo‘nay olmadi.

Porter Airlines kompaniyasining Embraer E195-E2 samolyoti parvozda

Porter Airlines aviakompaniyasi bola o‘z joyida xavfsizlik kamarini taqib o‘tirishdan bosh tortganidan so‘ng Viktoriya–Toronto yo‘nalishidagi PD444 reysini bekor qildi, deya xabar berdi CHEK News.

“Samolyot terminaldan chiqib, uchish-qo‘nish yo‘lagi tomon yo‘l olganidan keyin yosh bola o‘z o‘rindig‘ida tik turdi va xavfsizlik kamarini taqishdan bosh tortdi”, — Porter Airlines.

Bolaga hamrohlik qilgan ota-ona va ekipaj vaziyatni hal qilishga urindi, biroq bunga erisha olmadi.

“Bunday xavfli holatda samolyot ucha olmas edi, shu sabab ekipaj terminalga qaytib, yo‘lovchilarni tushirishga qaror qildi”, — Porter Airlines.

Terminalga qaytish, yo‘lovchilarni tushirish, bagajni olib chiqish va parvoz rejasini qayta rasmiylashtirish tayyorgarlikni cho‘zdi. Reys Viktoriya aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagi soat 00:30 da yopilishidan oldin jo‘nay olmadi.

“Ertasi kuni uchib ketishga muvaffaq bo‘lgan boshqa yo‘lovchilarga yetkazilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”, — Porter Airlines.

Aviakompaniya qancha yo‘lovchi zarar ko‘rganini aytmadi hamda bola va unga hamrohlik qilgan katta yoshli shaxs haqida qo‘shimcha ma’lumot bermadi.

Samira GanievaКорреспондент