Dunyo

“Dolphin” toʻfoni Xitoyda bir milliondan ortiq odamni evakuatsiyaga majbur qildi

Shanxayda qariyb 1,5 mingta reys bekor qilindi, kuchli yomgʻir esa suv toshqini va koʻchki xavfini oshirdi.

“Dolphin” toʻfoni 2026-yil 9-avgust kuni Xitoyning sharqiy sohili yaqinida

“Dolphin” toʻfoni 9-avgust kuni Xitoyning Chjetszyan provinsiyasidagi Yuyxuan shahri yaqinida soatiga 151 kilometrgacha shamol bilan quruqlikka chiqdi.

Chjetszyan va Futszyanda bir milliondan ortiq odam xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi. Rasmiylar portlar, qurilish maydonlari va ayrim dengiz ishlarini toʻxtatdi, baliqchi kemalari esa qirgʻoqqa qaytarildi.

Noqulay ob-havo Shanxay transportiga taʼsir qildi: shahar aeroportlarida qariyb 1,5 mingta reys bekor qilindi. Ayrim parom va kruiz yoʻnalishlari ham vaqtincha toʻxtatildi.

Xitoy sohiliga yetib kelishidan oldin toʻfon Yaponiyaning Okinava hududiga taʼsir qildi. U yerda olti kishi jabrlandi, Okinava va Kagosimada 50 mingdan ortiq bino elektrsiz qoldi.

Quruqlikka chiqqach, “Dolphin” asta-sekin kuchsizlanishi kutilmoqda, biroq kuchli yomgʻir xavfi saqlanib qoladi. Ayrim hududlarda 200–400 millimetr yogʻin prognoz qilinmoqda, bu suv toshqini va koʻchki ehtimolini oshiradi.

Rustam AbduazizovРедактор