2035-yilga borib ma’lumotlar markazlari AQShda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining qariyb 20 foizini iste’mol qilishi mumkin. Bu hozirgi ulushdan to‘rt baravar ko‘p, BloombergNEF prognozini keltiradi xabar.
Tahlilchilarga ko‘ra, ma’lumotlar markazlarining umumiy quvvati o‘n yil ichida 200 GVtga yaqinlashadi. Ushbu quvvatning deyarli yarmi sun’iy intellekt modellarini o‘qitish va ishlatishga sarflanadi.
Energiya sarfi bo‘yicha hisoblaganda, 2033-yilga kelib sun’iy intellekt uchun jahon hisoblashlarining 64 foizi AQSh hissasiga to‘g‘ri kelishi mumkin. BloombergNEFning 2035-yil bo‘yicha yangi prognozi dekabrdagi bahodan 83 foiz yuqori.
Boshqa tashkilotlar ham hisob-kitoblarini oshirdi. Electric Power Research Institute 2024-yildagi prognozini ikki baravardan ko‘proqqa ko‘tardi, S&P Global esa oktyabrdan aprelgacha bo‘lgan davrda bahosini uchdan bir qismdan ko‘proqqa oshirdi.
Yuklama hududlar bo‘yicha notekis taqsimlanadi. Virjiniyadan Illinoysgacha bo‘lgan hududlarga xizmat ko‘rsatuvchi PJM Interconnection tizimida ma’lumotlar markazlari iste’molning 34 foiziga, Texasdagi ERCOT tizimida esa ishlab chiqarish quvvatining 22 foiziga yetishi mumkin.
PJM avval yangi obyektlarni ulash bo‘yicha arizalarni to‘rt yilga to‘xtatgan, mintaqada elektr narxi esa bir yil ichida 76 foiz oshgan. Jahonda ma’lumotlar markazlari 2033-yilga borib yiliga qo‘shimcha 1935 TVt·soat talab yaratishi mumkin — bu Hindistonning hozirgi yillik iste’moliga yaqin.








