Britaniya ikkilamchi bozorida 50 ming mil yurgan 2021-yilgi Volkswagen ID.3 Pro avtomobillari £9 mingdan taklif qilinmoqda.
Yurish zaxirasi uzaytirilgan va saloni yangilangan restayling versiyalarining narxi £15 mingdan kam.
Volkswagen ID.3 modelini 2019-yilda taqdim etgan, savdo esa COVID-19 pandemiyasi davrida boshlangan. Dastlabki avtomobillarda dasturiy ta’minot bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan.
Elektromobil bagajining hajmi 385 litrni tashkil etadi. Ishlab chiqaruvchi bahosiga ko‘ra, orqa o‘rindiqlardagi joy BMW 3 Series Touring modelidagidan ko‘proq.
Dastlabki versiyalarda asosiy funksiyalar 10 dyuymli ekranga chiqarilgan, haroratni boshqaruvchi sensor chiziqlar esa yoritilmagan edi. 2024-yilgi yangilanishdan so‘ng model 12,9 dyuymli ekran, yoritiladigan boshqaruv elementlari va yaxshilangan salon bezagiga ega bo‘ldi.








