Texnologiyalar

Britaniya restoranlari va teatrlari kamerali Meta aqlli ko‘zoynaklarini taqiqladi

Mehmonlar va xodimlar maxfiyligini himoya qilish uchun qurilmani yechish yoki kamerani o‘chirish so‘ralmoqda.

Ichki kamerali Ray-Ban Meta aqlli ko‘zoynagi

Buyuk Britaniyadagi ayrim restoranlar, pablar va teatrlar yashirin tasvirga olish xavotiri sabab tashrif buyuruvchilarga ichki kamerali Meta aqlli ko‘zoynaklaridan foydalanishni taqiqladi.

Cheklov Londonning bir qator restoranlari, Soho House yopiq klublari, Wetherspoons pablar tarmog‘i va ATG Theatres teatrlarida amal qilmoqda. Tashrif buyuruvchilardan ko‘zoynakni yechish yoki kamerani o‘chirish so‘raladi.

Qurilma tashqi ko‘rinishidan oddiy ko‘zoynakdan deyarli farq qilmaydi. Tasvirga olish vaqtida gardishdagi LED indikatori yonadi; u yopilsa yoki shikastlansa, kamera ishlashni to‘xtatishi kerak.

Meta yashirin tasvirga olishga qarshi himoya choralarini joriy etganini bildirmoqda, biroq muassasa egalari bu choralarni mehmonlar va xodimlar maxfiyligi uchun yetarli deb hisoblamadi.

Ko‘zoynak foto va videodan tashqari musiqa tinglash, ovozli qo‘ng‘iroqlar va nutqni real vaqtda tarjima qilishni qo‘llab-quvvatlaydi. Yangi model Buyuk Britaniyada 359 funt turadi.

Marat AkhmetovРедактор