«Real Madrid» Vinisius Junior bilan shartnomani 2032-yil 30-iyungacha uzaytirdi.
Braziliyalik hujumchi «Real»ga 2018-yil iyulida, 18 yoshida qo‘shilgan. U sakkiz mavsum davomida 375 ta o‘yin o‘tkazib, 128 ta gol urdi.
Vinisius Madrid jamoasi bilan 14 ta sovrin yutdi: ikki marta Chempionlar ligasi, uchta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, ikki UEFA Superkubogi, uchta Ispaniya chempionligi, Ispaniya kubogi va uchta mamlakat Superkubogi.
U «Real» g‘alaba qozongan Chempionlar ligasining so‘nggi ikki finalida — 2022-yili Parijda va 2024-yili Londonda gol urgan.
Vinisius 2024-yilda The Best FIFA Men’s Player mukofotini oldi. Shuningdek, u 2023/2024-yilgi Chempionlar ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan hamda FIFA va FIFPro ramziy terma jamoalariga kiritilgan.
Yangi kelishuv 26 yoshli futbolchini Madrid klubi bilan yana qariyb olti yilga bog‘laydi.








