Jamiyat

Toshkent klinikalari xavfli tibbiy chiqindilarni noqonuniy tashlagan

Shahardagi ikki qurilmaga kunlik 12 tonna quvvatdan atigi 3 tonna chiqindi kelmoqda.

Xavfli tibbiy chiqindilar uchun idishlar va paketlar

Toshkentdagi qator klinikalarda xavfli tibbiy chiqindilar maishiy axlatga aralashtirilgani 2026-yilning birinchi yarmi bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvda aniqlandi.

Chiqindilar xavfsiz utilizatsiyaga topshirish o‘rniga oddiy poligonlarga olib chiqilgan yoki belgilanmagan joylarga tashlangan.

Bunday chiqindilarni qayta ishlash uchun Sayar green kompaniyasi 115 mln dollarlik investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda. Biroq tibbiyot muassasalari korxonaga xavfli chiqindilarning faqat bir qismini topshirmoqda.

Toshkentdagi ikkita qurilma bir sutkada 12 tonna chiqindini qayta ishlashga mo‘ljallangan, ammo ularga kuniga qariyb 3 tonna chiqindi kelib tushmoqda. Shu sababli uskunalar quvvatining atigi 25 foizi ishlatilmoqda.

Olti oyda poytaxt tibbiyot muassasalaridan 3 239,05 kub metr chiqindi olib chiqilgan. Shundan 1 795,40 kub metri 16-son klinik shifoxonaga, 445,44 kub metri 3-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga, 382 kub metri Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinikasiga to‘g‘ri kelgan.

Qoidabuzarliklar yana beshta muassasada, jumladan bolalar ftiziatriya markazi, Dermatovenerologiya markazining shahar filiali va ikkita ixtisoslashtirilgan shifoxonada ham aniqlangan.

Mas’ul shaxslarga nisbatan choralar ko‘rilmoqda. O‘zbekistonning barcha hududlaridagi tibbiyot muassasalarida shunday tekshiruvlar davom etmoqda.

Samira GanievaКорреспондент