O‘zbekistonda 2026-yil yanvar–iyun oylarida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 11,3 trln so‘mni tashkil etdi.
Ko‘rsatkich 2025-yilning birinchi yarmiga nisbatan 16,8% oshdi. Hajmning 53,7 foizi boshqa xizmatlar, 31,8 foizi davolash muassasalari xizmatlari, 14,5 foizi tibbiy amaliyot va stomatologiya hissasiga to‘g‘ri keldi.
Toshkent 5,2 trln so‘m bilan yetakchi bo‘ldi — bu mamlakatdagi umumiy hajmning qariyb yarmi. Toshkent viloyatida ko‘rsatkich 1,1 trln so‘mga yetdi.
Samarqand viloyatida xizmatlar hajmi 830,2 mlrd so‘m, Farg‘onada 675,4 mlrd, Namanganda 550,4 mlrd, Andijonda 507,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Buxoro viloyatida 392,3 mlrd so‘m, Xorazmda 390,9 mlrd, Qashqadaryoda esa 360,4 mlrd so‘mlik xizmatlar qayd etildi.
Qoraqalpog‘istonda ko‘rsatkich 335,5 mlrd so‘m, Surxondaryo viloyatida 262 mlrd, Jizzaxda 251,5 mlrd, Sirdaryoda 203,2 mlrd, Navoiyda 193,1 mlrd so‘m bo‘ldi.
Shunday qilib, Toshkentdagi hajm ikkinchi o‘rindagi Toshkent viloyati ko‘rsatkichidan to‘rt baravardan ko‘proq bo‘ldi.








