O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 11-sinf bitiruvchilaridan texnikumlarga hujjat qabul qilishni boshladi.
Arizalar 10-avgustdan 10-sentabrgacha my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. Hujjat topshirish uchun ta’lim muassasasiga borish shart emas.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun ID-karta yoki tug‘ilganlik guvohnomasi ma’lumotlari, abituriyent fotosurati va 11-sinfni tugatganlik haqidagi elektron attestat ma’lumotlari kerak bo‘ladi.
Tizimda abituriyent shaxsiy ma’lumotlarini tekshirishi, hujjatlarni rasmiylashtirishi va tanlagan texnikumiga ariza yuborishi mumkin. Kerakli ma’lumotlar elektron bazalarda mavjud bo‘lsa, ularning bir qismi avtomatik yuklanadi.
Qabul kasbiy ta’lim olishni istagan 11-sinf bitiruvchilari uchun mo‘ljallangan. Ariza 10-sentabrdan kechiktirmay topshirilishi kerak.








